YAXSHILIK.UZYAXSHILIK.UZYAXSHILIK.UZ
+998 90 996 77 17

Oʻzbekiston Elchisi YXHT Bosh kotibi bilan uchrashdi

2021-yilning 19-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasining Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotidagi (YXHT) doimiy vakili, Elchi Abat Fayzullayev YXHT Bosh kotibi Xelga Shmid bilan uchrashdi.

Muloqot davomida Oʻzbekiston va YXHT oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarning keng doirasi, shu jumladan, qoʻshma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

YXHT Bosh kotibi Oʻzbekistonning tashkilot bilan oʻzaro aloqalarni kengaytirish boʻyicha saʼy-harakatlarini yuqori baholadi va tuzilmaning muloqotni yana-da mustahkamlashdan manfaatdorligini taʼkidladi.

Soʻnggi yillarda ikki tomonlama munosabatlarda katta yutuqqa erishilgani va Oʻzbekiston hamda YXHT oʻrtasidagi hamkorlik oʻzaro manfaatli boʻlgan bir qator yoʻnalishlarda faol rivojlanayotgani qayd etildi.

Tomonlar yoshlar masalalari boʻyicha ikki tomonlama aloqalarni yanada chuqurlashtirish va kengaytirish hamda gender tengligini taʼminlashga sodiqligini Shvetsiyaning YXHTga raisligining ustuvor yoʻnalishlarini hisobga olgan holda tasdiqladilar.

Yakunda Xelga Shmid YXHT Kotibiyati Oʻzbekistonda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan loyihalar va tadbirlarni amalga oshirishda faol ishtirok etishga tayyorligini maʼlum qildi.

Leave A Comment

X